GyroPlay ("biz", "loyiha", "sayt") foydalanuvchilarning maxfiyligini hurmat qiladi. Ushbu hujjat saytimizdan foydalanish jarayonida qanday ma'lumotlar yig'ilishi va ular qanday ishlatilishi haqida ma'lumot beradi.

1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi

  • Texnik ma'lumotlar: IP manzil (xeshlangan ko'rinishda), brauzer turi, tashrif vaqti va siz ko'rgan sahifalar.
  • Habarnoma obunalari: Agar siz "Yangisi chiqsa habar ber" tugmasini bosgan bo'lsangiz — brauzeringizning push-tokeni saqlanadi.
  • Davlat: IP manzil orqali (taxminiy) davlat aniqlanadi — bu statistika uchun kerak.

Biz quyidagilarni yig'maymiz: ism, familiya, telefon raqam, manzil, parol, bank kartalari yoki boshqa shaxsiy ma'lumotlar. Saytda ro'yxatdan o'tish umuman talab qilinmaydi.

2. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi

  • Sayt qanday ishlayotganini tushunish (statistika)
  • Eng ommabop sahifa va sozlamalarni aniqlash
  • Push-habarnomalarni faqat siz roziligingiz bilan yuborish
  • Saytni xavfsiz va barqaror saqlash

3. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga berish

Biz sizning ma'lumotlaringizni hech qachon sotmaymiz, ijaraga bermaymiz va uchinchi shaxslarga reklama maqsadida o'tkazmaymiz. Faqat quyidagi servislardan foydalanamiz:

  • Push-xabar servislari (Google FCM, Mozilla autopush) — habarnoma yetkazib berish uchun
  • DB-IP / GeoIP — IP'ga qarab davlatni aniqlash uchun (lokal baza, ma'lumotingiz tashqariga chiqmaydi)

4. Cookies va localStorage

Sayt brauzeringizda kichik texnik ma'lumotlarni saqlashi mumkin (sessiya, sozlamalar). Bu ma'lumotlar faqat saytni qulay ishlatish uchun kerak va uchinchi shaxslar bilan ulashilmaydi.

5. Xavfsizlik

IP manzilingiz bazada xeshlangan (SHA-256) ko'rinishda saqlanadi — ya'ni biz ham, hattoki bizning hodimlarimiz ham asl IP'ni qayta tiklab ko'ra olmaydi. Saytda HTTPS shifrlash ishlatiladi.

6. Sizning huquqlaringiz

  • Habarnomalardan istalgan vaqt voz kechishingiz mumkin (brauzer sozlamalaridan)
  • Brauzer keshini tozalab, saqlangan sessiyangizni o'chirishingiz mumkin
  • O'zingiz haqingizdagi ma'lumot bo'yicha savol bo'lsa — biz bilan bog'laning

7. Siyosatga o'zgartirishlar

Biz ushbu maxfiylik siyosatini vaqti-vaqti bilan yangilashimiz mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida saytda alohida e'lon qilinadi.

8. Aloqa

Maxfiylik bo'yicha har qanday savol bilan biz bilan bog'laning:

Email: gyroplayuz@gmail.com
Telegram: @ibrohim_daylife